Excel kursi haqida

Ushbu Excel o‘quv kursi Microsoft Excel dasturini noldan boshlab professional darajagacha o‘rganishni istaganlar uchun mo‘ljallangan.

Kurs davomida siz Excel’ning asosiy imkoniyatlari, formulalar va funksiyalar bilan ishlash, ma’lumotlarni tahlil qilish, pivot jadvallar yaratish hamda professional hisobotlar tayyorlashni o‘rganasiz.

Darslar sodda tushuntirishlar, amaliy mashqlar va real ish jarayoniga yaqin misollar asosida olib boriladi.

Bizning maqsadimiz

       Bizning asosiy maqsadimiz — tinglovchilarga Microsoft Excel dasturidan tez, samarali va professional darajada foydalanish ko‘nikmasini berishdir.

       Kurs davomida har bir mavzu sodda va tushunarli tarzda tushuntiriladi hamda amaliy misollar orqali mustahkamlanadi. Natijada tinglovchilar Excel yordamida:

  • ma’lumotlarni tez qayta ishlash

  • tahlil qilish

  • hisobotlar tayyorlash

  • ish samaradorligini oshirish ko‘nikmalarini egallaydilar.

Our Vision

Ushbu kurs kimlar uchun

Ushbu kurs quyidagi tinglovchilar uchun mo‘ljallangan:

  • Excel dasturini noldan o‘rganmoqchi bo‘lganlar;
  • ish faoliyatida Excel’dan foydalanadigan mutaxassislar;
  • talaba va o‘quvchilar;
  • buxgalteriya, iqtisodiyot va menejment sohasida ishlovchilar;
  • ma’lumotlar bilan ishlaydigan barcha foydalanuvchilar.
Tajribali mutaxassislardan dars oling

Kurs tajribali o‘qituvchi tomonidan sodda va tushunarli tarzda olib boriladi. Har bir mavzu amaliy misollar orqali tushuntiriladi.

O‘zingizga qulay vaqtda o‘rganing

Darslarni istalgan vaqtda ko‘rishingiz mumkin. O‘qishni o‘z jadvalingizga moslab davom ettirasiz.

Amaliy bilim va ko‘nikmalar

Kurs davomida o‘rganilgan barcha mavzular amaliy mashqlar orqali mustahkamlanadi. Siz o‘rgangan bilimlaringizni darhol ish jarayonida qo‘llay olasiz.